2017-yilning 23-oktabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov AQSh Favqulodda va Muxtor Elchisi Pamela Leora Spratlenni qabul qildi. Suhbat chog‘ida O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning sentabr oyidagi Nyu-York shahriga tashrifi va AQSh ishbilarmonlari bilan uchrashuvlar doirasida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish jarayoni muhokama qilindi.Shuningdek, Samarqand shahrida bo‘lib o‘tadigan “Markaziy Osiyo: yagona tarix va umumiy kelajak, barqaror rivojlanish va taraqqiyot yo‘lidagi hamkorlik” yuqori darajadagi xalqaro konferensiyada AQShning nufuzli delegatsiyasi ishtirokining amaliy jihatlari ko‘rib chiqildi .AQSH elchisining O`zbekiston tashqi ishlar vazirligiga oldingi tashrifi 2-oktyabrda bo`lib o`tgan edi.
Сообщения
- Получить ссылку
- Электронная почта
- Другие приложения
O`zbekiston "Buxoro" futbol klubi 55 mln so`m miqdorida jarimaga tortildi. "Buxoro" futbol klubi "Paxtakor" futbol klubi bilan bo`lib o`tgan uchrashuvdagi tartibsizlik holatlari yuzasidan O`zbekiston professional futbol ligasi tomonidan jarimaga tortildi. O`zbekiston futbol federatsiyasinig habar berishicha , O`zbekiston professional futbol ligasi Oliy liganing 25-turi doirasida bo`lib o`tgan "Buxoro" - "Paxtakor" uchrashuvi bo`yicha yig`ilish o`tkazdi . Ushbu yig`ilishda "Buhoro" - "Paxtakor" uchrashuvida yuzaga kelgan nizoli vaziyatlar , ya`ni futbol uchrashuvi vaqtidagi tartibning to`liq ta`minlamaganligi , "Buxoro" futbol klubi rasmiy xodimlarining belgilangan tartib nizom va qoidalarga to`liq rioya etmaganligi holatlari o`rganib chiqildi.Majlisda videoyozuvlar , uchrashuv nazoratchisi hamda O`zPFL vakilining bildirgisiga asosan , O`zbekiston yarim havaskor va yarim professional futbol klubla
- Получить ссылку
- Электронная почта
- Другие приложения
O`zbekiston professional futbol ligasi bosh direktori Farhod Magametov o`z vazifasidan ozod etildi . O`zbekiston futbol federatsiyasining navbatdan tashqari yig`ilishida O`zPFL bosh direktori etib Omon G`ofurov tayinlandi . Yangi lavozimga tayinlanishidan avval Omon Fayzullayevich G`ofurov O`zbekiston Madaniyat va sport ishlari vazirligida faoliyat olib borgan.
- Получить ссылку
- Электронная почта
- Другие приложения
17-19-oktabr kunlari Toshkentda Markaziy Osiyo OAVning "Markaziy Osiyoda ochiq jurnalistika" nomli 19-mintaqaviy konferensiyasi bo`lib o`tadi. Konferensiyani YXHTning OAV erkinligi bo`yicha vakili Arlem Dezir ochib beradi. Ikki kunlik tadbir davomida jurnalistlar , hukumat vakillari , fuqarolik jamiyati tashkilotlari , Qozog`iston , Turkmaniston , Tojikiston , O`zbekiston hamda Mongoliyaning ilmiy doiralaridan bo`lgan 100dan ortiq ishtirokchilar va xalqaro ekspertlar Markaziy Osiyodagi mediatendensiyalar haqida mulohaza yuritishadi. Konferensiyani tashkil etilishidan asosiy maqsad Markaziy Osiyoda OAV erkinligini ta`minlash va ochiq jurnalistikani rivojlantirishdir .
INSONIYLIK BARCHASIDAN USTUN !
- Получить ссылку
- Электронная почта
- Другие приложения
Tuhmat toshlarini otishar tinmay , Oqlanishga hech bir imkon bermay . Nima bo`lgan zamon odamlariga ? Tufurdim qilishgan g`iybatlariga . Hasad ichlarini yemirib bo`lgan , Nahot ko`ngillari g`ayrga to`lgan ? Yumdalasharlar mansab talashib , Nima toparlar tinmay bellashib ? Bir birlarini qilmaslar pisand , Boylik to`plaganlar , o`zicha hursand . Yaqinlariga topilmas hech vaqt , Qurishlari kerak "oltindan bir taxt "! Boy odam doimo puliga sergak , Shuncha boylik o`zi nimaga kerak ? Yordam so`rasalar qilolmas toqat , Boy uchun kambag`al haqiqiy ofat . Butun umri pul yig`ish bilan band , Ko`ngliga yoqmaydi na asal , na qand . Chunki topolmadi huzur- halovat , Endi esa kutar qabrda lahad . Qani endi puli , boyligi qani ? Azobda yonmoqda bu jonu tani . Kamsitganlarining ko`z yoshi haqqi Jazosin oladi, yo`q pulin qadri ! Hammamizni bir kun o`lim kutadi ! Kibrimiz bizni yamlab yutadi ! Shunday ekan o`ylab qiling bir hissa , Nogoh o`ksimasin sizdan hech kims
Toshkent Gyote Instituti
- Получить ссылку
- Электронная почта
- Другие приложения
Gyote Institutlari haqida ko`pchilik eshitgan bo`lishi aniq. Hozirda Germaniya Gyote Institutining butun dunyoda filiallari mavjud .Butun dunyodagi Gyote Institutlarining asosiy vazifasi har xil davlatlardagi turli millat vakillariga nemis tilini chet tili sifatida o`rgatishdir. Toshkent Gyote Instituti - bu tayyorlov kurslari asosida nemis tilini o`rgatish Instituti bo`lib , u yerda barcha yosh va millatdagi fuqarolar nemis tilini boshidan ohirigacha o`rganish imkoniyatiga egalar. Shuningdek agar o`rganuvchi nemis tilini avval o`rgangan bo`lsa , u Gyote Institutga yangi yozilmoqchi bo`lgan o`quvchilar uchun o`tkaziladigan (Einstufungstest ) til bilish darajasini aniqlovchi test topshirish orqali o`z til bilish darajasini isbotlagandan so`ng shu daraja kurslariga yozilish imkoniyatiga ega bo`ladi.Nemis tili darajalari A1,A2,B1,B2,C1,C2 dan iborat bo`lib, har bir daraja Gyote Institutida 2 ta kursga bo`linib o`rgatiladi.O`rganuvchilar o`z bandliklaridan kelib chiqqan holda, kurs