Сообщения

Сообщения за октябрь, 2017
2017-yilning 23-oktabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov AQSh Favqulodda va Muxtor Elchisi Pamela Leora Spratlenni qabul qildi. Suhbat chog‘ida O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning sentabr oyidagi Nyu-York shahriga tashrifi va AQSh ishbilarmonlari bilan uchrashuvlar doirasida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish jarayoni muhokama qilindi.Shuningdek, Samarqand shahrida bo‘lib o‘tadigan “Markaziy Osiyo: yagona tarix va umumiy kelajak, barqaror rivojlanish va taraqqiyot yo‘lidagi hamkorlik” yuqori darajadagi xalqaro konferensiyada AQShning nufuzli delegatsiyasi ishtirokining amaliy jihatlari ko‘rib chiqildi .AQSH elchisining O`zbekiston tashqi ishlar vazirligiga oldingi tashrifi 2-oktyabrda bo`lib o`tgan edi.
 O`zbekiston "Buxoro"  futbol klubi 55 mln so`m miqdorida jarimaga tortildi. "Buxoro" futbol klubi "Paxtakor" futbol klubi bilan bo`lib o`tgan uchrashuvdagi tartibsizlik holatlari  yuzasidan O`zbekiston professional futbol ligasi tomonidan jarimaga tortildi. O`zbekiston futbol federatsiyasinig habar berishicha , O`zbekiston professional futbol ligasi Oliy liganing 25-turi doirasida bo`lib o`tgan  "Buxoro"  -  "Paxtakor" uchrashuvi bo`yicha  yig`ilish o`tkazdi  . Ushbu yig`ilishda "Buhoro" -  "Paxtakor" uchrashuvida yuzaga kelgan nizoli vaziyatlar , ya`ni futbol uchrashuvi vaqtidagi tartibning to`liq ta`minlamaganligi , "Buxoro" futbol klubi rasmiy xodimlarining belgilangan tartib nizom va qoidalarga to`liq rioya etmaganligi holatlari o`rganib chiqildi.Majlisda videoyozuvlar , uchrashuv nazoratchisi hamda O`zPFL vakilining bildirgisiga asosan , O`zbekiston yarim havaskor va yarim professional futbol klubla
O`zbekiston professional futbol ligasi bosh direktori Farhod Magametov o`z vazifasidan ozod etildi . O`zbekiston futbol federatsiyasining navbatdan tashqari yig`ilishida O`zPFL bosh direktori etib Omon      G`ofurov tayinlandi . Yangi lavozimga tayinlanishidan avval Omon Fayzullayevich G`ofurov O`zbekiston Madaniyat va sport ishlari vazirligida faoliyat olib borgan.
17-19-oktabr kunlari Toshkentda Markaziy Osiyo OAVning "Markaziy Osiyoda ochiq jurnalistika" nomli 19-mintaqaviy konferensiyasi bo`lib o`tadi. Konferensiyani YXHTning OAV erkinligi bo`yicha vakili Arlem Dezir ochib beradi. Ikki kunlik tadbir davomida jurnalistlar , hukumat vakillari , fuqarolik jamiyati tashkilotlari , Qozog`iston , Turkmaniston , Tojikiston , O`zbekiston hamda Mongoliyaning ilmiy doiralaridan bo`lgan 100dan ortiq ishtirokchilar va xalqaro ekspertlar Markaziy Osiyodagi mediatendensiyalar haqida mulohaza yuritishadi. Konferensiyani tashkil etilishidan asosiy maqsad Markaziy Osiyoda OAV erkinligini ta`minlash va ochiq jurnalistikani rivojlantirishdir .