ABITURIENT 2017

Hammamizga ma`lumki , bu yil yurtimiz  oliygohlarida abiturienlar hujjatlari qabuli har yilgidek 20-iyundan 20-iyulgacha emas, balki 15-iyundan 15-iyulgacha deb belgilandi. Ko`plab litsey va kollej bitiruvchilari abiturientlar safidan joy egallashdi. Asosan litsey bitiruvchilari orasida oliygohlarga hujjat topshirish va 1- avgust kuni bo`lib o`tadigan imtihonlarga tayyorgarlik  ishtiyoqi kuchliroq. Chunki ular kollej bitiruvchilari kabi spetsializatsiyaga ega emaslar , ya`ni 3 yil ta`lim mobaynida  biron bir mahsus kasbga yo`naltirilishmagan. Ular litseyga birinchi qadamni qo`yishlari bilanoq kelgusida oliy ta`lim egasi bo`lishni maqsad qilishgan . Litsey bitiruvchilari bo`lgan bunday abituriyentlar orasiga shaxsan o`zim ham kiraman.Shuning uchun ishonch hosil qilib ayta olamanki , yurtimiz oliygohlariga hujjat topshirgan litsey  bitiruvchilari 1-avgust kuni bo`lib o`tadigan imtihonlarga qattiq tayyorlanib kelishmoqda. Ularning hayajon va qo`rquvlarining chegarasi yo`q . Shunday bo`lsada ,  qat`iy ayta olamanki , ular aynan o`zlariga ishonganlari uchun yurtimiz oliygohlariga hujjat topshirishmoqda. Boshqa bilim yurtlarida qanday bilmadim-ku , ammo bizning O`zDJTUga qarashli 2-son litseyimizning ko`plab bitiruvchilari chet davlatlari: asosan Rossiya va Yevropa davlatlari Universitetlariga kontrakt asosida o`qishga qabul qilinishdi.Ular avvaldan yurtimiz oliygohlariga hujjat topshirishni istashmagan edi . Buning sababini so`raganimda esa ular O`zbekiston Universitetlariga kirish imkoniyati judayam kamligini , bunday imkoniyatga ega bo`lishda asosiy rolni Korruptsiya o`ynashini ta`kidlashdi.Bunday gaplar nafaqat bizning litseyda balki butun xalq orasida yoyilib ketgan .Chunki aynan pora berish yo`li bilan  o`qishga kirgan talabalar soni 50% dan ko`pligi barchamizga ma`lum. Albatta bunday gaplar bilan o`z bilimi orqasidan oliygohlarda tahsil olayotgan talabalarga ham tuhmat yog`dirish noto`g`ri. Ammo ta`lim sohasida yurtimizda shu kungacha Korruptsiya kuchli bo`lgani hammamizga ayon. Nafaqat yurtimiz oliygohlarida , balki litsey , kollej , hatto maktablarda ham korrruptsiya borligini inkor etolmaymiz. Ba`zi hollarga o`zim guvoh bo`lganman. Ayniqsa , kollejlarda o`qimagan o`quvchilar semestrlar so`nggida "Nb"larni to`girlash va havodan olingan baholar uchun katta mablag` sarflashlari ko`pchilikka ayon. Aynan shunday abiturientlar hamma narsa pulga bog`liq deb o`ylashadi va oliygohlarga kirish uchun ham ota -onalari mablag`laridan foydalanishadi. Ularning o`qimasdan , hech vaqoni bilmasdan turib o`qishga kirib ketayotganlarini ko`rgan boshqa abiturientlarda albatta , o`zining imkoniyatlariga bo`lgan  ishonchlari yo`qoladi.Shuning uchun ham ko`plab sharoiti tog`ri keladigan litsey bitiruvchilari chet davlatlarida kontrakt asosida bo`lsa ham o`qishni afzal bilishyapti. Zero , bizning yurtimizdagi ko`plab davlat korxonalariga  chet davlatlari Universitetlarida olingan diplomlar o`tmasligini bilishsa ham. Faqatgina o`z bilimiga  qattiq ishongan , yurtimizda adolat ustuvorligidan umidvor bo`lgan bitiruvchilar abiturientlar safidan joy olishmoqda deb hisoblayman. Bu borada yana shuni aytish mumkunki ko`plab abiturientlar hujjat topshirish davomida o`zlari istagan ta`lim yo`nalishlariga emas , balki o`tish ballari pastroq qilib ko`rsatilgan ta`lim yo`nalishlariga hujjat topshirishmoqda. Buning sababi ular o`zlarining imkoniyatlarini oshirishni istashadi.Ammo bu abiturientlarning xatosi deb hisoblayman .Chunki ular o`zlarida ishtiyoq bo`lmagan ta`lim yo`nalishiga hujjat topshirishar ekan , bu yo`nalish bo`yicha imtihon o`tkaziladigan fanlarni ham, ishtiyoqlari bo`lmagani uchun yahshi o`zlashtirmagan bo`lishlari aniq . Ho`sh , u holda qanday qilib bilmagan fanlaridan imtihon topshirib , o`qishga kirish imkoniyatlarini oshira olishlari mumkin? Bu albatta ritorik savol edi.Chunki ular bu yo`l bilan nafaqat imkoniyatlarini oshira olishmaydi balki bo`lgan imkoniyatlarini ham o`z qo`llari bilan yo`q qilishadi. Shu o`rinda Abituriyentlarga hujjat topshirish davomida o`z kuchlarini to`g`ri baholay ola bilishlarini va imtihongacha astoydil , kitobni qo`ldan bermasdan tayyorlanishlarini  maslahat bergan bo`lardim.Eng asosiysi esa bu o`z kuchi va bilimiga bo`lgan ishonch. Zero, ishonchsizlik insonlarni doim muvaffaqiyatsizlikka , ishonch esa g`alabaga yetaklaydi .

                                                                                                          Alimova Xusniyabonu




Комментарии

Популярные сообщения из этого блога

Toshkent Gyote Instituti

Hayot