Сообщения

Сообщения за июль, 2017

INSONIYLIK BARCHASIDAN USTUN !

Tuhmat toshlarini otishar tinmay , Oqlanishga hech bir imkon bermay . Nima bo`lgan zamon odamlariga ? Tufurdim qilishgan g`iybatlariga . Hasad ichlarini yemirib bo`lgan , Nahot ko`ngillari g`ayrga to`lgan ? Yumdalasharlar mansab talashib , Nima toparlar tinmay bellashib ? Bir birlarini qilmaslar pisand , Boylik to`plaganlar , o`zicha hursand . Yaqinlariga topilmas hech vaqt , Qurishlari kerak "oltindan bir taxt "! Boy odam doimo puliga sergak , Shuncha boylik o`zi nimaga kerak ? Yordam so`rasalar qilolmas toqat , Boy uchun kambag`al haqiqiy ofat . Butun umri pul yig`ish bilan band , Ko`ngliga yoqmaydi na asal , na qand . Chunki topolmadi huzur- halovat , Endi esa kutar qabrda lahad . Qani endi puli , boyligi qani ? Azobda yonmoqda bu jonu tani . Kamsitganlarining ko`z yoshi haqqi Jazosin oladi, yo`q pulin qadri ! Hammamizni bir kun o`lim kutadi ! Kibrimiz bizni yamlab yutadi ! Shunday ekan o`ylab qiling bir hissa , Nogoh o`ksimasin sizdan hech kims

Hayot

                                                           Hayot buncha g`aroyib,                                                            Hamma uchun u har xil.                                                            Kimdir baxt topar boyib,                                                            Kimningdir baxti pok dil.                                                                                                                                                                                                                                Yana kimdir oilasi,                                                            Kimningdir rizqi butun.                                                            Kimgadir o`z bolasi,                                                            Barcha narsadan ustun.                                                            Kimdir doim noshukur,                                                                      Har kun qilar malo

Toshkent Gyote Instituti

Изображение
Gyote Institutlari haqida ko`pchilik eshitgan bo`lishi aniq. Hozirda Germaniya Gyote Institutining butun dunyoda filiallari mavjud .Butun dunyodagi Gyote Institutlarining asosiy vazifasi  har xil davlatlardagi turli millat vakillariga nemis tilini chet tili sifatida o`rgatishdir. Toshkent Gyote Instituti  - bu  tayyorlov kurslari asosida nemis tilini o`rgatish Instituti bo`lib , u yerda barcha yosh va millatdagi fuqarolar nemis tilini boshidan ohirigacha o`rganish imkoniyatiga egalar. Shuningdek agar o`rganuvchi  nemis tilini avval o`rgangan bo`lsa , u Gyote Institutga yangi yozilmoqchi bo`lgan o`quvchilar uchun o`tkaziladigan (Einstufungstest ) til bilish darajasini aniqlovchi test topshirish orqali o`z til bilish darajasini isbotlagandan so`ng shu daraja kurslariga yozilish imkoniyatiga ega bo`ladi.Nemis tili darajalari A1,A2,B1,B2,C1,C2 dan iborat bo`lib, har bir daraja Gyote Institutida 2 ta kursga bo`linib o`rgatiladi.O`rganuvchilar o`z bandliklaridan kelib chiqqan holda, kurs

2017-yil - Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili

Изображение
Prezidentimiz Shavkat Miromonovich Mirziyoyev tomonidan 2017-yilning "Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili" deb e`lon qilinishi o`zbek xalqining yorug` kelajagi qadar qo`yilgan yana bir qadam bo`ldi. Xalqimiz  o`z muammolari bilan to`gridan to`gri Davlat idoralariga murojaat qilish imkoniyatiga ega bo`ldi. Bu o`rinda Shavkat Mirziyoyev  tomonidan asos solingan "Prezident Portali "asosiy o`rinni egalladi . Portalga xalq tomonidan kelib tushgan murojaatlar qisqa vaqt ichida ko`rib chiqilib , ular yuzasidan xalq foydasiga qarorlar qabul qilinmoqda. Aynan shu tufayli qisqa vaqt mobaynida Prezident portali o`zbek xalqi orasida mustahkam ishonch qozondi. Xalq ichida davlat himoyasiga ishonch shakllandi . Endi har bir fuqaro qonun unga qarshi bo`lib emas balki uning huqularini himoya qilish uchun xizmat qilishini anglab yetdi. Shu vaqtga qadar xotirjam bo`lgan Davlat xizmatchilari ham endi o`z vazifalarini to`laqonli ravishda ado etishga kirishdilar. Shaxsan Prezi

ABITURIENT 2017

Изображение
Hammamizga ma`lumki , bu yil yurtimiz  oliygohlarida abiturienlar hujjatlari qabuli har yilgidek 20-iyundan 20-iyulgacha emas, balki 15-iyundan 15-iyulgacha deb belgilandi. Ko`plab litsey va kollej bitiruvchilari abiturientlar safidan joy egallashdi. Asosan litsey bitiruvchilari orasida oliygohlarga hujjat topshirish va 1- avgust kuni bo`lib o`tadigan imtihonlarga tayyorgarlik  ishtiyoqi kuchliroq. Chunki ular kollej bitiruvchilari kabi spetsializatsiyaga ega emaslar , ya`ni 3 yil ta`lim mobaynida  biron bir mahsus kasbga yo`naltirilishmagan. Ular litseyga birinchi qadamni qo`yishlari bilanoq kelgusida oliy ta`lim egasi bo`lishni maqsad qilishgan . Litsey bitiruvchilari bo`lgan bunday abituriyentlar orasiga shaxsan o`zim ham kiraman.Shuning uchun ishonch hosil qilib ayta olamanki , yurtimiz oliygohlariga hujjat topshirgan litsey  bitiruvchilari 1-avgust kuni bo`lib o`tadigan imtihonlarga qattiq tayyorlanib kelishmoqda. Ularning hayajon va qo`rquvlarining chegarasi yo`q . Shunday bo`