2017-yil - Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili

Prezidentimiz Shavkat Miromonovich Mirziyoyev tomonidan 2017-yilning "Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili" deb e`lon qilinishi o`zbek xalqining yorug` kelajagi qadar qo`yilgan yana bir qadam bo`ldi. Xalqimiz  o`z muammolari bilan to`gridan to`gri Davlat idoralariga murojaat qilish imkoniyatiga ega bo`ldi. Bu o`rinda Shavkat Mirziyoyev  tomonidan asos solingan "Prezident Portali "asosiy o`rinni egalladi . Portalga xalq tomonidan kelib tushgan murojaatlar qisqa vaqt ichida ko`rib chiqilib , ular yuzasidan xalq foydasiga qarorlar qabul qilinmoqda. Aynan shu tufayli qisqa vaqt mobaynida Prezident portali o`zbek xalqi orasida mustahkam ishonch qozondi. Xalq ichida davlat himoyasiga ishonch shakllandi . Endi har bir fuqaro qonun unga qarshi bo`lib emas balki uning huqularini himoya qilish uchun xizmat qilishini anglab yetdi. Shu vaqtga qadar xotirjam bo`lgan Davlat xizmatchilari ham endi o`z vazifalarini to`laqonli ravishda ado etishga kirishdilar. Shaxsan Prezidentimizning o`zi har bir tumandagi ichki holatni o`rganayotganligi bunga sabab bo`ldi desak ,adashmagan bo`lamiz. Yana shu tufayli yillar davomida xalqni qiynab kelgan muammolar birin ketin tezlik bilan hal bo`la boshladi. Hattoki , hamma o`rganib qolgan o`nqir cho`nqir yo`llarda ta`mirlash ishlari olib borilib bir zumda tekislandi. Ammo baribir ayblari oshkor bo`lgan , shu vaqtgacha xalqqa xizmat qilish o`rniga o`z mansab vazifasini suiistemol qilib kelayotgan bir qancha davlat xizmatchilari , xususan : Toshkent shahar Yunusobod va Chilonzor tuman  "to`rtliklari" ya`ni hokim , prokuror ,militsiya boshlig`i hamda DSI boshlig`i o`z vazifalaridan ozod qilinishdi . Joriy yilda xalqimiz uchun ko`plab sharoitlar yaratildi. O`zbek xalqi o`z ijtimoiy hayotida bir qancha qulayliklarga ega bo`lib kelmoqda. Ayniqsa xalq orasida tadbirkorlikni rivojlantirish uchun ajratilayotgan mahsus kreditlar  ko`plab bo`sh ish o`rinlari yaratilishiga sabab bo`lib , yurtimizdagi ishsizlik muammosiga qarshi kurashda muhim o`rin egallamoqda.Bu yilda shu kungacha Sog`liqni Saqlash Vazirligi bee`tibor bo`lib kelgan ko`plab muammolar ko`rib chiqildi.Yurtimiz kasalxonalaridagi bepul xizmat turlarining sifatini oshirish bo`yicha bir qancha ishlar olib borilmoqda. Bulardan tashqari yana hali bizni ko`zimiz ilg`amagan , shu kungacha chetga surib kelinayotgan ko`plab muammolar hal etildi . Davlatimizning yuqori lavozimdagi xizmatchilari xalqning muammolari uchun javobgarlikni kech bo`lsada his etishdi.Axir ular o`z lavozimlariga faqat tepadan turib buyruq berish uchun emas , balki xalqni tashvishga solayotgan muammolar yechimini topish uchun saylanganlar. Umid qilamizki Prezidentimiz tashabbusi bilan "Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili" deb nomlangan 2017-yil so`nggiga kelib yurtimizda inson manfaatlari yanada yuksak o`rinni egallaydi va Vatanimiz taraqqiyoti har sohada baland cho`qqilarni zabt etadi.
Davlat va xalq yakdilligi yurtimiz gullab yashnashida eng asosiy omillardan biridir .Shunday ekan biz ham Davlatimiz berayotgan imkoniyatlardan to`gri foydalanib, Vatanimizga sodiq xalq bo`lib , uning rivojiga o`z hissamizni qo`shishimiz darkor.
                                                                                                                                                                                                                                                                    Alimova Xusniyabonu

Комментарии

Популярные сообщения из этого блога

Toshkent Gyote Instituti

Hayot