INSONIYLIK BARCHASIDAN USTUN !

Tuhmat toshlarini otishar tinmay ,
Oqlanishga hech bir imkon bermay .
Nima bo`lgan zamon odamlariga ?
Tufurdim qilishgan g`iybatlariga .
Hasad ichlarini yemirib bo`lgan ,
Nahot ko`ngillari g`ayrga to`lgan ?
Yumdalasharlar mansab talashib ,
Nima toparlar tinmay bellashib ?
Bir birlarini qilmaslar pisand ,
Boylik to`plaganlar , o`zicha hursand .
Yaqinlariga topilmas hech vaqt ,
Qurishlari kerak "oltindan bir taxt "!
Boy odam doimo puliga sergak ,
Shuncha boylik o`zi nimaga kerak ?
Yordam so`rasalar qilolmas toqat ,
Boy uchun kambag`al haqiqiy ofat .
Butun umri pul yig`ish bilan band ,
Ko`ngliga yoqmaydi na asal , na qand .
Chunki topolmadi huzur- halovat ,
Endi esa kutar qabrda lahad .
Qani endi puli , boyligi qani ?
Azobda yonmoqda bu jonu tani .
Kamsitganlarining ko`z yoshi haqqi
Jazosin oladi, yo`q pulin qadri !
Hammamizni bir kun o`lim kutadi !
Kibrimiz bizni yamlab yutadi !
Shunday ekan o`ylab qiling bir hissa ,
Nogoh o`ksimasin sizdan hech kimsa .
Insonlarni doim qilaylik rozi ,
Har  bir ish uchun bordir tarozi .
Yahshilikni inson unutsa ham gar ,
Unutmaydi hech Yaratgan Egam !
Insonning qadri boylikdan ustun ,
Uning qalbi esa go`yo gul-bo`ston .
Hirsni kiritmang bo`stoningizga ,
Bahtli yakun yasang dostoningizga .
Pok qalbimizni qoralamaylik ,
Bir birimizni ozorlamaylik .
Hamma eplaydi gina qilishni ,
O`rganish qiyin - kechira bilishni .
Yahshilar doimo topadi rohat ,
Bunga isbot o`tmish,qancha rivoyat .
Yomonlik ham mavjud abadul abad ,
Inson o`zi tanlar o`ziga qismat .
Hammaga so`roq bor , bir kun ohirat ,
Bu dunyoda qilib ko`p sabr-toqat ,
Ko`rsatib barchaga mehr-oqibat ,
Jannatda ko`raylik haqiqy bir baxt !

                                                                       XUSNIYABONU  ALIMOVA

alimovakhusniya99.blogspot.com
http://fikr.uz/blog/Ijodkor/hayot.html

















Комментарии

Популярные сообщения из этого блога

Toshkent Gyote Instituti

Hayot