Hayot
Hayot buncha g`aroyib,
Hamma uchun u har xil.
Kimdir baxt topar boyib,
Kimningdir baxti pok dil.
Yana kimdir oilasi,
Kimningdir rizqi butun.
Kimgadir o`z bolasi,
Barcha narsadan ustun.
Kimdir doim noshukur,
Har kun qilar malomat.
Kimdir bo`lsa ham bukur,
Topdi huzur halovat.
Kimdir ota-onasin,
Jerkib,siltab qilar xor.
Yana kimdir ularni,
Bir bor ko`rmoqlikka zor.
Kimdir go`dak yig`isin,
Eshitishni qilar orzu.
Kimdir farzand ko`rdiyu,
Ammo qiynaydi nomus.
Kimdir har kun duoda,
Dardiga shifo tilar,
Kimdir soppa-sog` bo`lib,
Xudoga nola qilar.
Pul topishning dardida
Kimdir har kun mehnatda.
Kimdir boylik taxtida,
Yolg`izlikda, zulmatda.
Kimdir yaqinlaridan,
Ko`rar har kuni mehr.
Kimdir o`tinib so`rar,
Tugasin deb bu qahr.
Kimdir dunyoga kelib,
Bir yomonlik qilmadi.
Kimdir atay kerilib,
Yahshilikni bilmadi.
Birovning baxtin buzib,
Baxt qurganlar ham bisyor.
Kimdir uchun o`zgalar,
O`zidanda ustuvor.
Hamma har xil bu aniq
Baxtlari ham xilma xil.
Agar baxtsizman desang,
Aybni o`zingdan qidir!
O`zgalardan ibrat ol,
Bir yahshi bir yomondan.
Hayotiga nazar sol,
Bir bor ichki tomondan.
Sen baxtsizlik deganing ,
Ular uchun bir ertak.
Hamma baxtlidir asli,
Bo`lsa kimgadir kerak.
Alimova Xusniyabonu
Hamma uchun u har xil.
Kimdir baxt topar boyib,
Kimningdir baxti pok dil.
Yana kimdir oilasi,
Kimningdir rizqi butun.
Kimgadir o`z bolasi,
Barcha narsadan ustun.
Kimdir doim noshukur,
Har kun qilar malomat.
Kimdir bo`lsa ham bukur,
Topdi huzur halovat.
Kimdir ota-onasin,
Jerkib,siltab qilar xor.
Yana kimdir ularni,
Bir bor ko`rmoqlikka zor.
Kimdir go`dak yig`isin,
Eshitishni qilar orzu.
Kimdir farzand ko`rdiyu,
Ammo qiynaydi nomus.
Kimdir har kun duoda,
Dardiga shifo tilar,
Kimdir soppa-sog` bo`lib,
Xudoga nola qilar.
Pul topishning dardida
Kimdir har kun mehnatda.
Kimdir boylik taxtida,
Yolg`izlikda, zulmatda.
Kimdir yaqinlaridan,
Ko`rar har kuni mehr.
Kimdir o`tinib so`rar,
Tugasin deb bu qahr.
Kimdir dunyoga kelib,
Bir yomonlik qilmadi.
Kimdir atay kerilib,
Yahshilikni bilmadi.
Birovning baxtin buzib,
Baxt qurganlar ham bisyor.
Kimdir uchun o`zgalar,
O`zidanda ustuvor.
Hamma har xil bu aniq
Baxtlari ham xilma xil.
Agar baxtsizman desang,
Aybni o`zingdan qidir!
O`zgalardan ibrat ol,
Bir yahshi bir yomondan.
Hayotiga nazar sol,
Bir bor ichki tomondan.
Sen baxtsizlik deganing ,
Ular uchun bir ertak.
Hamma baxtlidir asli,
Bo`lsa kimgadir kerak.
Alimova Xusniyabonu
Комментарии
Отправить комментарий