17-19-oktabr kunlari Toshkentda Markaziy Osiyo OAVning "Markaziy Osiyoda ochiq jurnalistika" nomli 19-mintaqaviy konferensiyasi bo`lib o`tadi. Konferensiyani YXHTning OAV erkinligi bo`yicha vakili Arlem Dezir ochib beradi. Ikki kunlik tadbir davomida jurnalistlar , hukumat vakillari , fuqarolik jamiyati tashkilotlari , Qozog`iston , Turkmaniston , Tojikiston , O`zbekiston hamda Mongoliyaning ilmiy doiralaridan bo`lgan 100dan ortiq ishtirokchilar va xalqaro ekspertlar Markaziy Osiyodagi mediatendensiyalar haqida mulohaza yuritishadi. Konferensiyani tashkil etilishidan asosiy maqsad Markaziy Osiyoda OAV erkinligini ta`minlash va ochiq jurnalistikani rivojlantirishdir .

Комментарии

Популярные сообщения из этого блога

Toshkent Gyote Instituti

Hayot